O‘zbekiston XDP Chinoz tumani kengashi tomonidan "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar o‘rganishga jalb etish maqsadida "Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari" loyihasi doirasida "Mumtozbegim" nomli o‘quv markazida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib hamda ijtimoiy himoya sohasida tizimli islohotlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratishni ko‘zlab, keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir so‘nggida 6 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilindi.