Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari

 

O‘zbekiston XDP Oqqo‘rg‘on tumani kengashi va kengash deputatlik guruhi tomonidan tumandagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunar o‘rganishga jalb etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

 

«Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari» loyihasi doirasida o‘tgan muloqotda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030 yilgacha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va kompleks chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Monomarkazda kasb-hunarga o‘qiyotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari o‘rganildi va yechimi nazoratga olindi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish