Shovqin inson uchun zararli

 

Yurtimizdagi demografik o‘sish o‘z navbatida sanoat korxonalari sonining oshishi va shaharlar kengayishiga olib kelmoqda. Bu omillar natijasida aholi hayotida shovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, kuchli shahar shovqini odamlarda yurak qon-tomir kasalliklari, stress, uyqusizlik kabi sog‘lik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarar ekan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, shovqin insonlarda alsgeymer va karlikni keltirib chiqarar ekan.

2 июль куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг мажлисда “Аҳолини шовқиннинг зарарли таъсиридан ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси биринчи ўқишда муҳокамадан ўтди. Қонун 5 боб, 25 моддадан иборат.

Loyiha bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy tamoyillari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda.

Яъни, тунги вақтда — сутканинг соат 23:00 дан 06:00 гача бўлган вақт оралиғида, шунингдек, дам олиш кунлари ва қонунчилик билан белгиланган ишланмайдиган байрам кунлари соат 22:00 дан 09:00 гача вақт оралиғида — фуқароларнинг осойишталиги ва нормаль дам олишини бузганлик учун маъмурий жавобгарликни кучайтириш таклиф этилмоқда.

Bunga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda. Amalda mazkur huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori fuqarolarga 113 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 113 ming so‘mdan 226 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Loyiha o‘qib eshittirilganidan so‘ng navbat muhokamalarga o‘tdi.

So‘z olgan deputatlardan biri qonunni konseptual jihatdan ma’qullashini, lekin ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida inobatga olinishi kerak bo‘lgan takliflar ham borligini aytdi. U avvalo, shovqinni toifalarga ajratishni taklif qildi. Uning fikricha, odamlar tomonidan sodir etiladigan maishiy shovqin bilan sanoat shovqinini ajratish lozim. Kimdir uyida qilgan shovqini bilan bitta qurilish korxonasining shovqinini tenglashtirmaslik kerak. Bunda jarimalar miqdori ham shunga qarab toifalashtiriladi.

Biroz fikr qilinsa, deputatning taklifi asoslidek tuyuladi. Sababi, 113 ming jarima to‘lagan jismoniy shaxs yana shovqin ko‘tarish uning obro‘yiga ham, cho‘ntagiga ham zarar keltirishini anglab yetadi. Lekin qurilish korxonasini 226 ming jarima tortsa ham bu unga noqulaylik tug‘dirmaydi. Chunki u yerdagi pul aylanmasi uchun bu jarima juda kam.

Кейинги сўз олган депутат мазкур қонунга қарши эканини билдириб, санкциялари оширилаётган амалдаги моддани “ўлик модда”, деб атади. Шунингдек, у жаримага тортиш ваколати бўлган инспекторларнинг қўлида шовқинни ўлчайдиган махсус асбоби йўқлигини, натижада кимнингдир кўрсатмаси бўйича бировни жазолаш нотўғри бўлишини таъкидлади.

Yana deputat mavjud jarimalarni oshirish uchun asos bo‘lishi kerak. Nega bizga avval statistikani taqdim qilmayapsizlar, deya qonun ijodkorlariga murojaat qildi.

Darhaqiqat, amaldagi biror bir me’yorning unda belgilangan jarima miqdorining pastligi tufayli uning profilaktik ta’siri kam ekanini asoslash uchun albatta statistik ma’lumotlar keltirilishi kerak. Bunda asosiy masala fuqaro mazkur holatni bir necha marotaba takrorlab, jarima to‘lasa, o‘shanda jarima miqdori kamligi uchun odamlarga uning ta’siri kam bo‘layapti, degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi.

Бир кун аввал бўлиб ўтган фракцияларнинг йиғилишларида ҳам мазкур лойиҳа кўриб чиқилган эди. Ўша муҳокамалардан бирида ЎзХДП фракцияси аъзоси Мақсуда Ворисова ҳам бир қатор асосли фикрларни илгари сурган эди. Депутатимиз шовқиннинг даражасини белгилашни, яъни детсибел бўйича умумий меъёрни аниқлаш ва шовқиннинг даражасига қараб жарима миқдорини ҳам ошириб боришни таклиф қилган эди. Бу фикрда ҳам асос бор. Масалан, инсон ва транспорт шовқини орасида катта фарқ бор. Ёки бўлмаса мушакбозлик воситаларининг шовқини ҳам булардан фарқ қилади. Демак, ким баландроқ шовқин қилса, ўша кўпроқ жарима тўласин, деган қараш ҳам тўғри аслида.

Muhokamalarda ba’zi deputatlar qonunda belgilanayotgan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘ini soat 23:00 dan 07:00 gacha o‘zgartirish kerak, sababi, shaharlarda hayot kechroq boshlanadi, deya izohlasa kimdir bu vaqtni 22:00 dan boshlash kerak deydi.

Shu tariqa loyihaning muhokamalari uzoq davom etdi. Yakunda qonun tashabbuskorlari loyihani birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullab berishni iltimos qildi. Deputatlar ko‘pchilik ovoz bilan loyihani ma’qullashdi va ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida hamkorlikda, bamaslahat ishlashni, ularning takliflarini inobatga olishni so‘rashdi.

 

Ahmad QURBONOV

tayyorladi.

«O‘zbekiston ovozi», 3.07.2023, №26

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish