Tahlil va mulohaza siyosiy bilimni oshirishga xizmat qiladi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashida “O‘zbekiston XDP tomonidan o‘z dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, aholini ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi muammolari va ularning yechimlari” mavzusida onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Qashqadaryo viloyati kengashi mas’ullari, tuman, shahar partiya tashkilotlari raislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari hamda faollar ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda mas’ullar viloyatda har bir hududni o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa sohadagi muammolarini o‘rganib, saylovoldi dasturiga xos tarzda yechimlari bilan olib chiqishga harakat qilishdi.

Jumladan, mahallalarda kommunal sohadagi kamchiliklar, tomorqada suvdan foydalanish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi qator muammolar, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish borasidagi, chegarada harakatlanishga oid hamda boshqa masalalarda taqdimotlar o‘tkazildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish