«Haqiqat» yoshlari bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Mirzaobod tuman kengashi raisi Sh.Mamirov «Haqiqat» MFY yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur sharoitlar va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, yigit-qizlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va ulardan yoshlarning unumli foydalanishiga oid masalada fikr almashildi.

Tadbirda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish