Ustuvor vazifalar belgilab olindi

 

Yakkabog‘ tumanidagi Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi.

Amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi, tanqidiy tahlil va kelgusidagi ustuvor masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishni O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi N.Elmurodova olib bordi. Unda tuman kengashi deputati Z.Shukurova, partiya faollaridan R.Shaxobova, B.Boynazarov hamda tuman kengashi ''Yoshlar qanoti'' raisi B.Normuminov so‘zga chiqdi.

Plenumida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi ijroiya qo‘mitasining 2023 yildagi faoliyati yuzasidan Hisoboti ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tuman Kengashidagi partiya guruhining 2023 yildagi faoliyati yuzasidan Axboroti tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilganlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Plenum ishida partiya Markaziy Kengashining VIII plenumi 2024 yil, 21 iyundagi ''Mamlakatda olib borilgan Konstitutsiyaviy islohotlardan kelib chiqib, partiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida''gi qarori ko‘rib chiqildi. Bildirilgan takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Plenum so‘ngida bir guruh yoshlar partiyaga a’zolikka qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish