O‘zbekiston XDP G‘allaorol tumani kengashi hamda tumani “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi keksalar, mahalla faollari bilan 15-son musiqa va sanat maktabida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman partiya kengashi raisi K.Usmonov, viloyat partiya kengashi deputati Sh.Safarova so‘zga chiqib, mahallalarda erta turmushning oldini olish haqida so‘z bordi. Notinch oilalardagi nizolar va oilaviy ajrimlarni kamaytirish, to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, aholini, ayniqsa yoshlarni obodonlashtirish ishlariga o‘rgatish, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, keksalarning o‘gitlari, namunaviy hayot yo‘llari va tajribalarini aholi o‘rtasida ko‘proq targ‘ibot-tashviqot qilish lozimligi ta’kidlanib, qator vazifalar belgilab olindi.