“Mushtumzo‘r”larga javobgarlik kuchaytirilmoqda (video)
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Mavjuda Hasanova deputatlarni loyiha bilan tanishtirar ekan, ba’zi masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi...