«Ayollarga ko‘mak» loyihasi o‘tkazildi (video)

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va partiyaning Qonliko‘l tumani kengashi tomonidan Qonliko‘l tumani “Sar'i alti'n” ovul fuqarolar yig‘ini hududida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida "Ayollarga ko‘mak" loyihasi o‘tkazildi.

Loyiha doirasida Qonliko‘l tuman Tibbiyot birlashmasidan ginekolog, pediatr, oftalmolog, stomatolog, nevropatolog, kardiolog, ortoped, UTT va boshqa mutaxassislar tomonidan keksa yoshdagi ayollar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Kasalligi aniqlangan xotin-qizlar va bolalarga davolanish yo‘llanmalar va dori-darmonlar berildi.

Shuningdek, partiya mas’ullari va deputatlar shu hududdagi «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish