O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda partiya Markaziy Kengashining IX Plenumida qabul qilingan qarorlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov partiyamiz 2024 yil 27 oktabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etishni e’lon qilganini ta’kidladi hamda shu bilan bog‘liq vazifalarga to‘liq to‘xtaldi.
Xususan, asosiy kalendar rejasida belgilangan vazifalar, partiyaning saylovlarda ishtirokini muvofiqlashtirish bo‘yicha saylov shtablarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plash ishlarini tashkil etishda faollik ko‘rsatish, odamlarning savollariga atroflicha javob qaytarish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tuman va shahar partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha ham qilishini zarur bo‘lgan ishlar belgilandi.
Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda partiya tuman, shahar kengashlari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublika partiya kengashi mas’ul xodimlari o‘z savollariga tegishli javoblar oldi.