Istirohat bog‘larida ham imzo yig‘ilmoqda

 

Bilamizki, siyosiy partiya aholining ma’lum bira qatlami manfaatlarini himoya qiluvchi kuch hisoblanadi. Uning a’zolari esa partiya qarashlari, g‘oyalari, maqsadlarini targ‘ib qilish, aholi orasida keng yoyishga hissa qo‘shadi.

Ana shunday faol va tashabbuskor partiya xodimlari va a’zolari imzo to‘plash jarayonlari yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazyapti. Jarayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kengashlari, 200 dan ortiq shahar va tuman kengashlari, 10 mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkil etilyapti.

Shuningdek, odamlar gavjum joylar, turli tashkilot va korxonalarda ham imzo to‘plash jarayoni qizg‘in. Xususan, Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ham ana shunday nuqta tashkil etilgan.

Imzo yig‘ish jarayonlari Saylov qonunchiligiga binoan o‘tayotgan bo‘lib, fuqarolarning xohish-irodalarini erkin ifodalash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Shu bilan birga, saylovchilarning partiyaga oid savollariga javob berilib, bo‘lajak siyosiy jarayonining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish