G‘alabalar davom etmoqda: 3 oltin, 2 kumush

 

Yangi O‘zbekistonning muzaffar sportchilari Olimpiadadagi zafarli yurishlarini davom ettirdi.

Kunning dastlabki quvonchli voqesi qahramoni 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev. terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Erkin kurash bo‘yicha -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Razambek Jamalov chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Buxoro boks maktabi a’zosi, O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bo‘lgan Abdumalik Xalokov esa qirg‘iz sporti uchun tarix yozgan Munarbek Seyitbek Uuluni mag‘lubiyatga uchratib, 7-oltin medalni hisobimizga qo‘shib qo‘ydi.

O‘zbekistonlik taekvondochi Svetlana Osipova final jangida tajribali Alteya Loren bilan kuch sinashdi.

Svetlana Osipova 2023 yilgi jahon chempioni va 2022 yilgi Yevropa chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori bo‘lgan fransuz sportchisiga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kunni Bahodir Jalolovning oltini medali tugatdi. Sportchimiz final bahsida bokschimiz ispaniyalik Ayub Gadfani mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi va ikkinchi bor Olimp shohsupasini zabt etdi. 1-raundda ikki martda hatto nokdaun holatiga tushirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 8 taga yetdi.

Barcha vatandoshlarimizga olamshumul yutuqlar muborak bo‘lsin!

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish