Yangi marralar sari ruhlantirgan tashrif

 

Har galgidek davlatimiz rahbari Qoraqalpoqqa ko‘pdan-ko‘p istiqbolli rejalar bilan keldi. Bu bizni yangi marralar sari ruhlantirdi.

Meni eng quvontirgani nima, bilasizmi? Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan ishlab, har bir tuman kesimida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Bu dastur Qoraqalpog‘istonda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlarni rivojlantirish uchun yangi nafas olib keladi.

Qoraqalpoq elining ertasi bugunidan yaxshi bo‘lishi uchun katta marralarga ishora bu. Boshlangan ishlar, albatta, bajariladi, ko‘plab yengilliklar olib keladi, odamlar shunday bo‘lishiga ishonadi.

Yig‘ilishda aytilganidek, buning uchun barcha hamjihat bo‘lib, fidokorona mehnat qilishi zarur. Bu masalada deputatlar ham talabchan bo‘lishi lozim. Biz, partiya faollari hamda deputatlar belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz kerak. Buning uchun bizda huquqiy vakolat va jamoatchilik oldida, albatta, majburiyat bor. Chunki partiya faoli siyosiy uyg‘oq shaxs bo‘lishi, amaliy harakatlarimiz bilan namuna bo‘lishimiz zarur.

 

Bibixan UTAMBETOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

«O‘zbekiston ovozi», 21.08.2023, №33

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish