Gullar shahri Namangandan muhim takliflar olindi

 

Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar Namangan viloyatida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Namangan viloyat Kengashi zalida bo‘lib o‘tgan muloqotda viloyatdagi tuman va shaharlar saylovchilari, talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Firdavs Sharipov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi Saylovoldi dasturi loyihasi konsepsiyasi bilan tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbaini ko‘paytirish kabi maqsadlarga erishish uchun partiya keyingi besh yillik uchun 10 ta yo‘nalish, 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalarni rejalashtirgan:

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturiga kiritish ko‘zda tutilayotgan muhim masalalar, undagi ustuvor yo‘nalishlar, g‘oya va tashabbuslar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Xususan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi.

Masalan, kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilarining monopoliyasiga barham berish ko‘zlangan bo‘lib, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga e’tibor qaratiladi. Kommunal xizmatlar va uy-joy fondidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar narxlari va tariflarni belgilashni tartibga solish maqsadida “Kommunal xizmatlar va tariflarni tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, partiya tibbiy sug‘urtani joriy etish, keksalar va onkologik kasallar uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini ta’minlashga qaratilgan xospis tizimini rivojlantirish kabi takliflar bilan chiqmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston XDP ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tarafdori ekanligiga urg‘u berildi. Iqtisodiy siyosatning ijtimoiy samaradorligini ta’minlash, iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvchi rolini kuchaytirish zarurligi prinspial masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Qatnashchilar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining yangi Saylovoldi dasturiga kiritish ko‘zda tutilayotgan g‘oya va tashabbuslar bilan atroflicha tanishar ekan, ularning ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berishga kabi ezgu g‘oyalarga asoslanganligini har jihatdan ma’qullashdi.

Muhokamada so‘zga chiqqan faollar adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbaini ko‘paytirish kabi masalalar bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish