«Mahalla obod — yurt obod»

 

Yurtimizda 24−25 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilingan. Ushbu hashar «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, tashkilot va korxonalar hududlari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirishdan iborat.

O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi xodimlari ham erta tongdan kengash hududida obodonlashtirish ishlarini olib borishdi va umumxalq xayriya hashariga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish