Mustaqil yurtning faol ayoli

 

O‘zbekiston XDP Namangan viloyat va shahar kengashlari tomonidan Nodirabegim nomidagi kutubxonada "Mustaqil yurtning faol ayoli: huquqiy va ijtimoiy asoslari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan Namangan shahar kengashi raisi Dilnoza O‘rinboyeva, xotin-qizlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar va ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘zlab berdi. Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlarida xotin-qizlarga alohida e’tibor berilayotganligi va bu jarayonlarda ayollarni kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishlari xususida batafsil tushunchalar berdi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish