Olotda yosh siyosatchi maktabi tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Olot tuman kengashi tomonidan tumanning Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollar zalida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tuman kengashi raisi X.Nematov yoshlarning siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb qilish hamda yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, me’yoriy hujjatlar va partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tdi.
Muloqot davomida “Yosh siyosatchilar maktabi"ni tashkil etish taklifi ilgari surildi va qatnashchilar tomonidan ma’qullandi. Bir guruh yoshlar o‘z xohishlari bilan partiya safiga qabul qilindi.