Xotin qizlar huquqiy bilimini oshirish oyligi

 

O‘zXDP Shirin shahar kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar “Ixtisoslashtirilgan maktabi” da xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish maqsadida "Siz huquqingizni bilasizmi" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zXDP Shirin shahar kengashi raisi N.Akramova, shahar Kengashi deputatlari, “Faol ayollar” qanoti yetakchilari hamda маҳалла ayollari qatnashishdi.

Yig‘ilishda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, imtiyozli uy-joy, kreditlar ajratish, OTM larga kirish uchun ajratilgan imtiyozli kvotalar hamda homilador va yosh bolali ayollar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan me’yorlar haqida содда, xalqchil tilda atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish