Saylov va yoshlar

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi jarayonlarida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda ularning elektoral madaniyatini oshirishda siyosiy partiyalar va yoshlar tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida Yoshlar press-klubida “Saylov va yoshlar” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat, tuman va shahar kengashlari yoshlar bilan partiya saylovoldi dasturida belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini muhokama qildi.

Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan bir qancha taklif va yangi tashabbuslar o‘rtaga tashlanib, yaqin istiqbolda bu takliflarni amaliyotga joriy qilish yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti Saylov Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish