Deputat mahallada

 

O‘zbekiston XDP Qiziriq tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Umbarov tomonidan “Yangi obod” mahallasidagi 17-sonli maktab hududida mahalla va partiya faollari ishtirokida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Saylov qonunchiligidagi yangiliklar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputat bu yilgi saylov kompaniyasi davrida ham Xalq demokratik partiyasi a’zolari faol targ‘ibotchi bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, partiyaning g‘oya va tashabbuslar, maqsad va natijalari to‘g‘risida tushunchalar berdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish