Saylov va yoshlar

 

O‘zbekiston XDP Chimboy tumani kengashi tomonidan “Yosh siyosatchilar maktabi” loyihasi doirasida “Saylov va yoshlar” shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Chimboy tuman kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar agentligi Chimboy tumani bo‘limi va Chimboy tuman partiya kengashi Saylov shtabi a’zolari va volontyor yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston XDP Chimboy tuman kengashi raisi Sidiq Nurmambetov hamda deputatlik guruhi rahbari Omirbek Tolibekovlar so‘zga chiqib, saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar, shu jumladan, aralash saylov tizimi hamda partiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 12 qadamni o‘zida mujassam etgan saylovoldi dasturi ijrosi amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti Saylov Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish