Jonkuyar deputat muammoni hal qildi

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Baxtiyor Shamsutdinov uchrashuvlarda aholini o‘ylantirayotgan masalalar borligini aniqladi. Masalan, 2-tor «Shofayzi» mahallasidagi 44 xonadon 10-15 yildan buyon kanalizatsiya tizimiga ulanmagan ekan. Shaharning markazida joylashgan ushbu ko‘cha aholisi turli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Deputat tashabbusi bilan ushbu muammo o‘rganilib, kanalizatsiya o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, 105 xonadondan iborat Shafayzi-2 tor ko‘chasi aholisi yillar davomida ko‘cha asfaltlashtirilmagani hamda elektr tarmoqlari eskirganini, simyog‘ochlar yaroqsiz holga kelib qolganini ma’lum qilgan. Mazkur masala bo‘yicha ham deputat tegishli tashkilotlarga so‘rov yubordi. Natijada ko‘cha to‘liq asfalt qilinib, yangi elektr uzatish transformatori o‘rnatildi. Yog‘och simyog‘ochlar yangi betonli ustunlarga almashtirildi.

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi

Axborot xizmati.

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish