NOGIRONLIGI BOʼLGАN SHАXSLАR MАNFААTI UCHUN MUHIM TАKLIFLАR ILGАRI SURILDI

Xalq deputatlari Ulugʼnor tumani Kengashidagi OʼzXDP guruhi rahbari Ixtiyor Qurchiev tashabbusi bilan “Nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini tubdan takomollashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi” masala Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi yigʼilishida koʼrib chiqildi.

Yigʼilishda dastlab nazorat-tahlil natijalari koʼrib chiqildi. OʼzXDP guruhi aʼzolarining qayd etishicha, tumandagi jami 46 ta tashkilot, korxona va muassasalarda 42 ta kvotalangan ish oʼrni tasdiqlangan. Hozirda tumandagi 8 ta tashkilotdagi kvotalalangan ish oʼrinlarida nogironligi boʼlgan fuqarolar ishlab kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan, 3 ta tashkilotda birorta ham kvotalangan ish oʼrinlari tasdiqlanmagan.

Tuman bandlikka koʼmaklashish markazi tumandagi kvotalangan ish oʼrinlariga tegishli toifadagi fuqarolarning ishga qabul qilinishi yuzasidan yetarli nazorat ishlarini olib bormagani oqibatida ushbu yoʼnalishdagi qarorlarning bajarilishini taʼminlash ishi oʼz holiga tashlab qoʼyilgan.

Jumladan «Taza xudud» Ulugʼnor tuman filiali, Ulugʼnor tuman «Obordonlashtirish» boʼlimi tashkilotlari rahbarlari bilan oʼtkazilgan suhbat davomida ular kvotalalangan ish oʼrinlari toʼgʼrisida yetarli maʼlumot va bilimga ega emasligi maʼlum boʼldi.

Yigʼilishda nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash boʼyicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi, bu boradagi xato va kamchiliklar ochiq-oydin muhokama etildi. Bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Masʼul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xususan, tuman hokimining birinchi oʼrinbosarlari K.Nabiev oʼrinbosari N.Jobborova, А.Umarov, J.Sattorovlarga nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, nogironligi boʼlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini doimiy nazorat qilish vazifasi topshirildi.

Xalq deputatlari nazoratini olib borish kerakligi hamda masalaning muhimligini inobatga olib, uni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

 

OʼzXDP Markaziy Kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish