Ham dadil, ham tarixiy qadam

 

Xalq deputatlari Kengashiga birinchi marta hokim rahbarlik qilmaydi. Kecha O'zbekistonda yangragan eng demokratik xabar shu bo'lsa kerak. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza O'rolova xalq deputatlari Kengashi raisi maqomini deputatlarga topshiribdi. Bu mamlakatimiz tarixida xalq vakillari o'tiradigan Kengashga hokim emas, deputat boshchilik qilayotgan birinchi holat.

“Avvalgi selektorda muhtaram Prezident bilan suhbat qildik. Kecha bizga tavsiyanoma keldi, Boyovut tumani xalq deputatlari Kengashi alohida qilinadi”, – deydi O'rolova. Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi maqomini bekor qilish tajribasi Sirdaryo viloyatida, Boyovut tumani bilan Shirin shahrida boshlandi.

 

“Ўзбекистон овози”, 9.02.2022, №6

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish