Partiya guruhi hisobotni ko'rib chiqdi

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining ta`lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari doimiy komissiyasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda hududlarda maktabgacha ta`lim xizmatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora–tadbirlar to'g'risidagi Prezident qarorining viloyat miqyosida bajarilishi bo'yicha boshqarma boshlig'i vazifasini bajaruvchi Feruz Jabborovning hisoboti eshitildi.

Tahlillarga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha ma`lumotlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda faol qabul qiladi. Bolaning ongi, asosan 5-7 yoshda shakllanishni boshlaydi. Ta`lim–tarbiya hayotimiz, kelajagimizga daxldor masala hisoblanadi. Bu, albatta, maktabgacha ta`lim tizimidan boshlanadi.

Mazkur qaror viloyatda sohani yanada takomillashtirish, rivojlantirishga asos bo'lmoqda. O'tgan besh yilda 2415 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti (88 ta davlat, 26 ta xususiy, 124 ta davlat–xususiy sheriklik, 2227 ta oilaviy nodavlat) tashkil etilib, ularning umumiy soni 2791 taga etkazildi.

2017 yilgacha viloyatdagi 803 ta mahalla fuqarolar yig'inining 652 tasida maktabgacha ta`lim tashkiloti bo'lmagan. Hozirgacha ularning 560 tasida bolalar bog'chasi tashkil qilindi. Qolgan 92 tasi reja asosida tashkillashtiriladi.

Qo'shma yig'ilishda deputatlar tomonidan ta`lim sifati hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining moddiy–texnika bazasini yaxshilashga oid takliflar bildirildi. Masalani sessiya kun tartibiga kiritish bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.

 

Muzaffar TUROPOV.

«Ўзбекистон овози», 23.02.2022, №8

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish