Mard o‘g‘lonlar sharaflandi

 

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi viloyat Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Andijon shahridagi 528-Harbiy qismda ma'naviy tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat kengashi sektor mudiri Yo. Mo‘minova, yozuvchi va shoirlar Vosit Ahmad, B. Solievalar ishtirok etishdi. Askarlarni bayram bilan tabriklashib, siyosiy partiyalar, vatanparvarlik, vatan uchun jon fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi. Shoirlarimiz tomonidan yurtni, uning mard o‘g‘lonlarini madh etuvchi she'rlar o‘qildi.

Shuningdek, askarlarning she'rlari ham tinglandi. Tadbir davomida savol-javoblarda faol ishtirok etgan askarlar partiyamizning sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish