Qurolli Kuchlarimizning barcha mard o'g'lonlari!

 

Barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Yuksak faxr va ishonch bilan ayta olamanki, yurtimizdagi har bir or-nomusli, Vatanparvar, er-yigit, xoh u harbiy, xoh tadbirkor va yoki o'quvchi bo'lsin, hech ikkilanmasdan Vatani, Ona-yurti uchun jonini berishga tayyordir. Bizni aynan shunday ruhda, vatanga muhabbat bilan tarbiyalashdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni, barcha ota-onalarimizni, oilalaringiz, butun xalqimizni bugungi shonu-sharaf ayyomi bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Hurmatli himoyachilarimiz! Avvalo har biringiz o'z oilangizni himoya qilish mas'uliyati bilan yashab kelayotganingiz uchun Sizga tashakkur.

 

Muxsiddin Nizomiddinov,

O‘zXDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori rahbari,

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari, deputat.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish