Saxovat va ko‘mak

 

O‘zXDP Kogon tuman kengashi tashabbusi bilan "Deputat mahallada" loyihasi asosida tumandagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish maqsadida viloyat Kengashi deputati S. Sharipova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. Jabbarovalar tumandagi bir nechta oilalarga tashrif buyurdi. Deputatlar tumandagi "Siyozpoyon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-guruh nogironi Z. Abdurahmonova xonadonida bo‘lib, sovuq havo munosabati bilan isitish moslamalarning nosozligi tufayli yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlandi.

Uyni ta'mirlash uchun "Saxovat va ko‘mak" hayriya jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratilishi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirildi.

Shu kuni deputatlar hududdagi "Chuqurko‘l" mahallasida istiqomad qiluvchi 1-guruh nogironi R. Xoliqova xonadoniga ham tashrif buyurib, holidan xabar olishdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish