Fuqarolar murojaatlari e'tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti deputatlik guruhi a'zolari tomonidan tumandagi "Furqat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Deputat mahallada" loyihasi doirasida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Mazkur mahallada yashovchi bir guruh fuqarolarning murojaatlarini e'tiborga olib, bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo‘lgan aholini elektr energiyasiga bo‘lgan talablari inobatga olinmoqda. Tuman elektr tarmoqlari idorasi xodimlari tomonidan ilgari yaroqsiz holga kelib qolgan besh yuz metr masofadagi simyog‘ochlarning elektr o‘tkazgich simlari yangilandi.

Natijada aholini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilmoqda.

Ushbu xayrli ishlarni yuqori saviyada sifatli bajarishda partiyamiz vakillaridan iborat mutaxassislar faollik ko‘rsatmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish