Sayyor qabul o‘tkazildi

 

Toshkent viloyati Piskent tuman Do‘stlik MFY hududida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri X.Karimov, tuman Kengashi raisi, deputat D. Komilovalar tashabbusi bilan tuman hokimining qurilish bo‘yicha muovini B.Shermatov, tuman mahalla jamg‘armasi rahbari X.Boltaboyev, tuman gaz bo‘limi rahbari D.Abduazimov, tuman elektr tarmog‘i rahbari A. Atayev hamkorligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mahalla fuqarolari murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar deputatlar tomonidan hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan belgilab olindi.

Shuningdek, “Uyma-uy” loyihasi doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ubaydullayeva tomonidan Oqtepa MFY da istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi va ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan 10 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish