Kogon tumanida aholi muammolari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston XDP Kogon tumani kengashi tomonidan "Uyma-uy" loyihasi doirasida "Choloki" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olinmoqda. Viloyat Kengashi deputati S. Sharipova shu maqsadda xonadonlarga tashrif buyurdi.
Loyiha doirasida mahallaning Qalqon ko‘chasi 2-uyda yashovchi Ra’no Ashurovaning farzandi mustaqil yura olmasligi sababli, uyda tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit so‘ragan murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi. Masala yechimi yuzasidan tijorat bankiga deputatlik so‘rovi yuborildi.