“Uyma-uy” loyihasi

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashidagi 2-Xonimqo‘rg‘on saylov okrugi deputati Zamira Shukurova tumandagi “Jaychi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Farida Jo‘rayeva xonadonida bo‘lib, milliy hunarmandchiligimiz bo‘lgan kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdi.

Mahallada hunar o‘rganish istagida bo‘lgan, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarga ustoz-shogird an’analari asosida o‘z hunarini o‘rgatayotgan Farida opa ko‘p yillardan beri tikuvchilik kasbi bilan shug‘ullanib, ko‘plab ayollarni hunarli qilishda o‘z ko‘magini berib kelmoqda.

Deputat tomonidan mana shunday chekka hududlarda kasbi, hunari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan tadbirkor xotin-qizlarning ko‘rgazmalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish