Muammolar tizimli hal qilinadi
Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida "Uyma-uy" loyihasi qizg‘in davom etmoqda. O‘zXDP Xazorasp tuman kengashi raisi, deputat M. Vaisov Bog‘dor mahallasidagi 10 dan ortiq xonadonlarda bo‘ldi.
“Yakkatut” ko‘chasi 42-uyda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Anabibi Karimova, ushbu mahalla “Bog‘dor” ko‘chasi 54-uyda yashovchi Shirin Saidova kabi og‘ir sharoitda qolgan xotin-qizlar holidan xabar olinib, ular iltimosiga asosan saxovat va ko‘mak yordami sifatida oziq-ovqat va issiq kiyimlar yetkazib berishdi.
Shuningdek, mahalladagi 6 ta xonadonda ishsizlik muammosi borligi sababli tuman Kengashi deputati M. Vaisov tuman bandlikka ko‘maklashish markazi mutasaddilariga “Deputat so‘rovi” yuborishga qaror qildi.