Hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami holati o‘rganildi

 

XDP Urganch tuman kengashining partiya faollari va deputatlar tomonidan Respublika Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ” PQ-215 –sonli “Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy – sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Bugungi kunda Urganch tumani markazidan olis bo‘lgan chekka hududlardagi 14 ta mahallada zamonaviy tibbiy punktlar tashkil etilib, konteynerlar o‘rnatilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

Bunday yondashuv natijasida odamlarning uzoq yo‘l bosib tuman markaziga borish, birgina tashxis uchun navbat kutib, qimmatli vaqtini yo‘qotishlariga chek qo‘yildi. Ayni paytda bemorlarga o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.

O‘rganishlar davomida “Cho‘lobod” mahallasida joylashgan tibbiyot punktida elektr energiyasi, suv bilan ta’minlashda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bu muammolarni tezda bartaraf kilish yuzasidan tuman TTB bosh shifokoriga murojaat qilindi. Bosh shifokor tuman elektr tarmoqlari, gaz idorasi tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganini bildirdi. Bu masala hal bo‘lguncha qadar partiya faollari nazoratida bo‘ladi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish