Deputat har jabhada faol bo‘lmog‘i zarur!

 

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Nuriddin Xolmatov Sharof Rashidov tumanidagi "Qangli" mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalla faollari tomonidan 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2023 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolarga hisobot berildi.

Hududdagi mavjud muammolar: yo‘l, elektr energiyasi, suv bo‘yicha ahvolni yaxshilash chora-tadbirlari xususida gaplashildi. Davra suhbati tarzida kechgan ushbu uchrashuv mobaynida fuqarolar murojaatlari ham tinglandi.

— Bugun biz ko‘proq harakat qilmasak, aholiga elektr, suv vaqtida yetib kelmaydi. Zero, ishlarimizni sarhisob qilib ko‘rsakkina, xato va kamchiliklarimizni anglaymiz, — dedi Nuriddin Xolmatov.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish