Eng faol deputatlar aniqlanmoqda

 

O‘zbekiston XDPning “Eng faol deputat” ko‘rik tanlovining Do‘stlik hamda Baxmal tumanlari bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zXDP faollari ham ishtirok etib, deputatlarning huquqiy savodxonligini tekshirishdi. Do‘stlik tumanida belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashgan deputatlardan "Manas" saylov okrugi deputati Mingjigitov Xolbo‘ta Ulug‘murodovich viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qolgan 2 nafar deputat turli nominatsiyalarda g‘olib deb topilib, O‘zXDP Do‘stlik tuman Kengashi raisi M. Qudratova tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Baxmal tumanida esa deputatlik guruhi azolaridan 7 nafari faol ishtirok etdi. 3 ta shart bo‘yicha kuch sinashgan deputatlar orasida 6-“Temirqadam” saylov okrugi deputati Raxmanova Jamoloy 43 ball bilan viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qolgan deputatlar Baxmal tuman kengashi raisi D. Misirov tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish