Yoshlar parlamenti saylovining birinchi bosqichi yakunlandi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovlarning 1-bosqichi yakunlandi. Saylovni o‘tkazish bo‘yicha (jami 22 ta okrugda 44 ta tuman qamrab olingan) saylov shtablari tashkil qilindi.

1-bosqich shartlari va talablaridan yoshlarni boxabar qilish maqsadida partiya saytida 31 marotaba, ijtimoiy tarmoqlarda 355 marotaba axborotlar berib borildi. Saylovni o‘tkazish va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berish maqsadida 27 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi, 18 marotaba videoroliklar shaklida yoritildi. Shuningdek, 3 marotaba telegram ijtimoiy tarmog‘ida ovozli chat tashkil qilindi.

Saylovda ishtirok etish istagini bildirib 873 nafar nomzod hujjat topshirgan va shulardan 391 nafari xotin-qizlardir.

1-bosqich yakunlariga ko‘ra, ularning 413 nafari 2-bosqichga o‘tkazildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish