Deputatlik nazorati

 

“2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda partiya faollari va deputatlar, sog‘liqni saqlash muassasalari bosh shifokorlari va boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi rahbari R. Murtazayev Openbudget portalining ish faoliyati, hududiy dasturlarning ijrosini ta’minlashda portalning o‘rni, mablag‘larnig samarali taqsimlanishida, joylarga yetib borishida amalga oshirilayotgan ishlar va bunda deputatlarning hissasi to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish