O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashidagi 2-Xonimqo‘rg‘on saylov okrugi deputati Zamira Shukurova "Asr oshgan an’analar" shiori ostida tumandagi Qatag‘on MFYda yashovchi Shahodat Tilovova xonadonida bo‘lib, milliy hunarmandchiligimiz bo‘lgan kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdi.
Shuningdek, qadimda momolarimiz kiygan milliy liboslar, bosh kiyimlarining tarixi, xususiyatlari haqida o‘zaro suhbatlashildi.
Hunarmand-tadbirkor ko‘pni ko‘rgan, hayotning pastu-balandini boshidan o‘tkazgan, hayotiy tajribalari bilan yoshlarga namuna bo‘lib, ko‘p yillardan buyon shu mahallada xotin-qizlar faoli vazifasida ishlab kelmoqda.
Deputat tomonidan chekka hududlarda mana shunday kasbi, hunari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan tadbirkor xotin-qizlarning ko‘rgazmalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.