Vazifalar belgilab olindi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashining navbatdagi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2022 yil yakunlari sarhisobi va 2023 yilda partiyaning dasturiy g‘oya va maqsadlarini keng ommaga yetkazish yuzasidan amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlari belgilandi.

Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, inson qadrini yuksaltirish yo‘nalishidagi vazifalarni amalga oshirishda munosib ishtirok etish, xalq bilan muloqot mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda deputatlik va jamoatchilik nazoratlarini amalga oshirishdagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rildi. Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat Kengashining 2023 yilga mo‘ljallangan ish rejasi va partiyaning amaliy Harakat Dasturining 2023 uchun mo‘ljallangan rejasi tasdiqlandi. Toshkent viloyatining tuman, shahar Kengashi raislarining hisobotlari tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish