Vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

 

Bugun Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ijroiya qo‘mita a’zolari, partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2022 yilda Jamoatchilik qabulxonalari va Harakatlar dasturining bajarilish yakunlari va 2023 yilga belgilangan vazifalari, 2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi partiya a’zolari soni va tarkibi to‘g‘risidagi statistika, “Targ‘ibot va tashviqot” tadbirlarining o‘tkazilish holati, 2023 yil 23 yanvardan 6 fevralgacha O‘zXDPdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazishning 1-bosqich yakunlari haqidagi axborotlar tinglandi. 2023 yilda amalga oshiriladigan ishlar masalasida taklif va mulohazalar tinglandi.

2023 yil yanvar-aprel oylarida boshlang‘ich partiya tashkilotlarning hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish va “O‘zXDP ning eng faol deputati” ko‘rik tanlovini samarali tashkil etish xususida o‘zaro kelishib olindi. Faol raislar viloyat Kengashi tomonidan e’tirof etildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish