Deputatlarning faoliyat samaradorligi oshirilmoqda

 

Ma’lumki, deputatlar turli sohalarda faoliyat yurituvchi tajribali, fidoyi, jamiyatda hurmat qozongan va obro‘-e’tiborga ega shaxslar orasidan saylanadi. Lekin ular deputatlik faoliyatini qanday olib borishlari bo‘yicha alohida o‘qitilmaydi, bu borada xalq noiblari hayot maktabida olgan bilimlariga tayanishadi. Keyingi vaqtlarda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari o‘z samarasini bera boshladi. Bu boradagi ishlar, avvalo, mahalliy Kengashlar deputatlarining bilim va ko‘nikmasi darajasini oshirish maqsadida, partiya Markaziy Kengashi tomonidan seminar va o‘quvlar tashkil etishdan boshlanganini alohida ta’kidlash joiz.

Qonunlarimizda belgilangan huquqiy normalarni amaliyotda qanday qo‘llash lozimligini ko‘rsatib beruvchi huquqiy mexanizmlarni, qonunosti hujjatlarini, sodda qilib aytganda, qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qonun loyihalarining yanada hayotiyligini ta’minlash, haqiqatan ham hayotda yechimini kutib turgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonunlar qabul qilish uchun qonun loyihalarini joylarga muhokama uchun yuborish va keng jamoatchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasiga o‘z vaqtida taqdim etish orqali qabul qilinadigan qonunlarning puxta va pishiq ishlanilishiga xizmat qiladigan “Markaz-viloyat-tuman” tizimi ishlamoqda.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi uchun Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida faoliyat olib borayotgan partiya guruhlari a’zolari bo‘lgan deputatlarimizning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish juda muhim vazifadir. Shu maqsadda tashkil etilgan “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining asosiy maqsadi ham deputatlarning o‘zaro tajriba almashishi, faoliyat samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Joylarda ushbu tadbirni samarali tashkil etish uchun XDP ning mintaqaviy Kengashlari raislariga tadbir nizomi bo‘yicha partiya Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i Yusupov Boymurot Jumayevich tushuntirish berib, tanlov o‘tkazish bosqichlari, shartlari, hakamlar hay’ati va sanoq komissiyasi, natijalarni umumlashtirish tartibi va tanlov g‘oliblarini taqdirlash yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berdi. Shuningdek, barcha tuman va shaharlarda tanlov rejaga binoan o‘tkazish belgilandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish