Oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Asaka tuman kengashi Mafkura bo‘limi boshlig‘i M. Qodirova "Uyma-uy" loyihasi doirasida O‘zbekiston MFY aholi xonadonlariga kirib, ularning yashash sharoiti bilan tanishdi. Oila a’zolarining ish bilan bandligi, kredit olishga ehtiyoji bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.
Shu bilan bir qatorda kam ta’minlangan xotin-qizlarga tuman Kengashi tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘maklar berildi.
Muloqotlar davomida oddiy aholi vakillariga Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan masalalar, hududda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar berildi.