Buyuk mutafakkir ijodiga bag‘ishlangan kecha

 

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi xalqimiz tarixi, milliy madaniyatimiz va tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni tarannum etgan. Bu yil ham Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Milliy tadqiqot universitetida ham keng nishonlandi. Kechada universitet talabalari, Maqom ansambli, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Choriyev Ro‘zimurat Kungratovich ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori, yozuvchilar uyushmasi a’zolari so‘zga chiqib buyuk adibning faoliyati va hayoti shu bilan birgalikda kelajak avlod uchun qoldirgan adabiy merosi haqida so‘zlab berdilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish