Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nukus tuman kengashi va Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi partiya guruhi Nukus tuman Tibbiyot muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda “Tok tao‘” mahalla fuqarolar yig‘inida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etdi.
Ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj fuqarolarning uyiga borib o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida kasalligi aniqlanganlarga muolaja-tavsiyalar berildi.
Kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.