Kuchlilar aniqlanmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati ko‘rik tanlovining Farg‘ona viloyat Furqat, O‘zbekiston tumanlari hamda Qo‘qon shaharida “Inson qadri uchun” shiori ostida birinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Furqat tumanidan Eldorbek Qodirov, O‘zbekiston tumanidan Feruzaxon Mamatqulova, Qo‘qon shahardan Hoshimjon Hoshimovlar 3 ta shart bo‘yicha tuman va shaharlari sharafini himoya qilishdi.

Ko‘rik tanlovda viloyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol bo‘lgan insonlar va O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Kengashi bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston tuman Kengashi deputati Feruzaxon Mamatqulova 52 ball bilan viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. «Eng shijoatli yosh deputat» nominatsiyasida Hoshimjon Hoshimov, «Tashabbuskor deputat» nominatsiyasida esa Furqat tuman Kengashi deputati Eldorbek Qodirov g‘olib deb topildi. Ko‘rik tanlov yakunida deputatlarga esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish