Ilm-fan sohasidagi ayollar taqdirlandi

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat Kengashi deputati Z.Tuyyeva tashabbusi bilan Buxoro shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” haftaligi doirasida “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida tadbir o‘tkazildi.

Unda Xotin-qizlar maslahat kengashi boshchiligida olima professor-o‘qituvchilar 4 ta, talaba qizlar 4 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir yakunida

- Eng faol ixtirochi talaba qiz,

- Eng yaxshi maqola muallifi,

- Eng yaxshi innovatsion g‘oya (loyiha) muallifi,

- Eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi,

- Eng yaxshi ixtiro muallifi,

- Eng yaxshi foydali model muallifi,

- Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha) muallifi,

- Tadqiqotchilarning eng jonkuyar ustozi nominatsiyalarida g‘oliblar aniqlandi.


 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish