O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tumani bo‘limi rahbari Matniyazova Aysha Ataniyazovna tomonidan "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman Kengashi majlislar zalida hozirgi kunda ilmiy ishlar bilan band xotin-qizlar ishtirokida "Ma’rifatli ayollar – jamiyatimiz tayanchi" mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda ilm-fan, ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz-o‘qituvchilar o‘zlarining tajribalari haqida so‘zlab berdilar.
Yakunda eng faol ustozlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tumani bo‘linmasi tomonidan qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlandi.