Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibi bo‘yicha Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri deputatlarga kelib tushgan 36 ta murojaatning tegishli tashkilotlar tomonidan bajarilishi haqida tanqidiy axborot berdi.
"Aksariyat murojaatlar, tashkilotlar tomonidan vaqtida hal etilmaganligi yoki to‘g‘ri tushuncha berilmaganligi sababli fuqarolarda ijrochilarga nisbatan ishonch qolmay, shahar hokimiga yoki boshqa idoralarga borishga majbur bo‘ladi" – dedi xalq vakillari.
Barcha mas’ullar fuqarolar murojaatlarining har biri bo‘yicha keskin tanqid ostiga olindi va belgilangan tartibda hal etish uchun qo‘shimcha 1 kun muddat berilib ogohlantirish haqida qaror qabul qilindi.