60 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilmoqda

 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Joylarda ularning hunar egallashlari uchun barcha qulayliklarga ega o‘quv markazlari faoliyat yuritmoqda.

Oqoltin tuman "Ahillik" mahallasida ham aholini shu jumladan xotin-qizlarni kasb-xunarga o‘qitish o‘quv markazi faoliyat olib bormoqda.

U yerda ayollar uchun tikuvchilik, sartaroshlik, pazandalik, go‘zallik sirlari kabi kurslarning ochilgani ishsiz xotin-qizlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi. O‘zXDP Oqoltin tuman Kengashi deputati Zulayxo Mirzayeva o‘quv markazida bo‘lib, u yerda kasb-hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, mavjud muammolar va kamchiliklarni o‘rganib ularning yechimini topish chora-tadbirlarini belgilab oldi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish